Rossiyada Herbalife mahsulotlarining klinik tadqiqoti

Herbalife mahsulotlaridan foydalanib vaznni kamaytirish dasturi standart kam kaloriyali parhezdan ancha samaradordir. Bu Klinika bazasida o‘tkazilgan RTFA Oziqlanish ITI tadqiqoti bilan tasdiqlandi.

RTFA Oziqlanish ITI tadqiqotlari Herbalife mahsulotlari - "Formula 1" proteinli kokteyl va "Formula 3" protein aralashmasidan foydalanib vaznni kamaytirish dasturi standart kam kaloriyali parhezdan ancha samaradorligini tasdiqladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra bu mahsulotlar Dietologlar va Nutrisiologlar Milliy Assosiasiyasi tomonidan ma'qullandi.

6 oy davomida 90 kishi ishtirokida o‘tkaziladigan tadqiqot maqsadi tarkibida oqsillari yuqori bo‘lgan ovqat o‘rnini bosuvchilar bo‘lgan va semirgan va ortiqcha vazni bo‘lgan shaxslarda qo‘llaniladigan parhezlarning klinik samaradorligi va bardoshliligiga baho berishdan iborat edi.

Umuman mahsulot samaradorligini aniqlash sinovi uch bosqichdan iborat edi: ishtirokchilarni tanlash, vaznni kamaytirish dasturi va vaznni nazorat qilish fazasi. Tadqiqotda ortqcha vazndan azob chekadaigan, lekin salomatligida jiddiy muammolari va boshqa qarshi ko‘rsatmalari (tadqitqotdan olidngi homiladorlik, vaznni kamaytirish preparatlarini iste'mol qilish, yarim yilda 6 kg dan ortiq vaznni yo‘qotish va boshqalar) bo‘lmagan 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan kishilar ishtirok etishdi.

Tadqiqotchilar Herbalife mahsulotlarining tana vazniga, arterial qon bosimi darajasiga, tana tarkibi va iste'mol qilish paytida bioximiyaviy ko‘rsatkichlarga ta'sirini baholashdi. Mahsulotlarni qo‘llashning bardoshliligi, ko‘ngilga urishi va xavfsizligi muhim qo‘shimcha jihat bo‘ldi.

Klinik tadqiqotlar natijalari Herbalife mahsulotlari - "Formula 1" proteinli kokteyl va "Formula 3" protein aralashmasidan foydalanib vaznni kamaytirish dasturi standart kam kaloriyali parhezdan tana moy massasini kamaytirish, belni qamrab olishda va yanada qulayroq ozish jarayoni, ya'ni to‘yish va och qolish hissining bulmasligini ta'minlash jihatidan ancha samaradorligini tasdiqladi.

RTFA Oziqlanish ITI bazasida olib borilgan «Tarkibida yuqori oqsilli ovqfat o‘rnini bosuvchilar bo‘lib, semirish va ortiqcha tana vazni bo‘lgan shaxslarda tana massasini reduksiyalash uchun qo‘llaniladigan parhezlarning klinik samaradorligi va bardoshliligini baholash. Herbalife tana vaznini to‘g‘rilash dasturini nazoart qilinuvchi randomlashgan klinik tadqiqot qilish» tadqiqoti kompaniya mahsulotlari samaradorliginining to‘rtinchi marta ilmiy asoslanishi bo‘ldi. Xullas oziqa qo‘shimchalarining ijobiy ta'siri Germaniyada (Ulma Universiteti), AQSh (Kaliforniya Universiteti qoshidagi Inson oziqlanishi markazi) va Koeryada (Seul Milliy Universiteti) tasdiqlandi.

DNMA ning «Ortiqcha tana vazni va semirishi bo‘lgan bemorlar uchun past kaloriyali dietalardagi oqsilli ovqat shrnini bosuvchilarining samaradorligi va xavfsizligi» qo‘llanmasi.

Mijoz bo'ling