Mustaqil Hamkorlar uchun kirish

Klinik tadqiqotlar

«Klinik tadqiqot» o‘zi nima?

Bu ilmiy tajriba turi bo‘lib, unga odamlar jalb qilinadi. Bunday yondashish ma'lum bir mahsulot xossalarini o‘granish, baholash va tahlil qilish imkonini beradi. Klinik tadqiqot doimo ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, qat'iy nazorat qilinadi. Bunda eng birinchi o‘ringa sinovdan o‘tkaziladigan kishi huquqlari, xavfsizligi va salomatligi afzalligi ilm-fan va jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yiladi. Sinovdan o‘tayotgan kishi tadqiqotga faqat ixtiyoriy ma'lumotli roziligi asosida jalb qilinishi mumkin.

Odatda, klinik tadqiqotga ikki guruh sinovdan o‘tuvchilar jalb qilinadi. Bu olingan natijalarni taqqoslash uchun lozimdir. Sinov guruhi tadqiqotchilarni qiziqtirgan mahsulotdan foydalanadi, boshqa guruh esa shu paytda o‘z xossalari bilan yo shunga o‘xshash yoki undan farq qiluvchi mahsulotni iste'mol qiladi. Tadqiqot jarayonida har ikkala guruh namoyandalari tadqiqotdan oldin, tadqiqot davomida va tugaganidan so‘ng diqqat bilan kuzatiladi.

So'rov qoldiring