Janubiy Koreyada Formula 1 kokteylining klinik tadqiqoti

Yaqinda Koreyadagi Milliy Statistika Byurosidan olingan ma'lumotlar shuni ko‘rsatdiki, bu mamlakat aholisining taxminan uchdan bir qismi – 10 mln. ga yaqin kishi – ortiqcha vaznga ega bo‘lib, ularning soni juda ktta tezlik bilan yiliga 400 ming kishiga ortib bormoqda.

Tadqiqot maqsadi - oqsil bilan boyitilgan ovqat o‘rnini bosuvchilarning vaznni kamaytirish va tananing optimal massasini saqlash uchun samarali vosita ekanligini tasdiqlashdir. Rahbari - professor Belong Cho, Seul Milliy Universitetining oilaviy tib bo‘limi, Herbalife Ilmiy-maslahat kengashi a'zosi.

Sinovlarga ortiqcha vazni bo‘lgan 75 kishi jalb qilinib, 12 hafta davom etdi. Barcha ishtirokchilar har kuni 2 marta ovqat iste'mol qilishni Formula 1 proteinli kokteyli bilan almashtirishdi. Bunda ishtirokchilarning bir guruhi tarkibyuida standart miqdordagi oqsil bo‘lgan mahsulotlarni iste'mol qildilar (olinadigan barcha kaloriyalarning 15 % ), boshqa guruh esa Formula 3 proteinli aralashmasi qo‘shilgan Formula 1 kokteylidan foydalandi, va shunday qilib ikki marta ko‘p oqsil iste'mol qildi.

12 hafta o‘tgandan so‘ng har ikki guruhdagi ishtirokchilar ozishdi, biroq tarkibida oqsil ko‘p bo‘lgan parhezga rioya qilgan ishtirokchilar mushaklar massasini emas, balki badandagi moyning ko‘p qismini yo‘qotish evaziga vazn tashladilar.

Tadqiqot oqsil bilan boyitilgan ovqat o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning ozish va optimal tana vaznini saqlashda samarali vosita ekanligini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari «International Journal of Clinical Practice» (Xalqaro klinik tajriba jurnali) jurnalining fevral oyi sonida chop qilindi.

Prof. Belong Cho: «Ushbu ma'lumotlar shuni ravshan ko‘rsatadiki, oqsil bilan boyitilgan ovqat o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ozish va organizmda moy to‘planishini kamaytirish uchun ishonchli vositadir. Koreya aholis orasida yildan yilga ortib borayotgan semirish muammosini inobatga olgan holda vaznni kamaytirish masalasi juda aktualdir. Biz oqsilli ovqat o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning samarali ekanligini namoyish etdik va bu butun dunyo bo‘ylab semirish muammosini hal etish uchun yordam beradi».