AQSh da Formula 1 kokteylining klinik tadqiqoti

Tadqiqot maqsadi - oqsil bilan boyitilgan ovqat o‘rnini bosuvchilarning vaznni kamaytirish va optimal tana massasini saqlash vositasi sifatida samaradorligini tasdiqlashdir. Rahbari - Jaoping Li, tibbiyot fanlari doktori, Kaliforniya Universiteteining klinik oziqlanish departamenti rahbari muovini.

Tadqiqot 12 hafta davom etdi; unda ortiqcha vazni bo‘lgan 85 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilar ikki guruhga taqsim qilinib, kun davomida ikki marta ovqat iste'mol qilish o‘rniga Formula 1 proteinli kokteylni iste'mol qilishlari lozim edi. Birinchi guruhdagi sinovdan o‘tuvchilar ovqat o‘rniga Formula 1 kokteylining standart porsiyasi (2 osh qoshiq) iste'mol qilib, ikkinchi guruh ishtirokchilar esa bu kokteylning ikki marta ko‘p porsiyasini iste'mol qilishdi.

12 hafta ichida ishtirokchilar o‘rtacha 4 kilogrammdan vazn yo‘qotib, vaznni nazorat qilishda oqsilli kokteyllarning samaradorligini tasdiqlashdi. Biroq ikki marta ko‘p porsiyali oqsil iste'mol qilgan kishilar standart porsiya iste'mol qilgan kishilarga nisbatan ko‘proq moy yo‘qotdilar.

Tadqiqot tarkibida standar miqdorda oqsil bo‘lgan oziqaga nisbatan oqsil bilan boyitilgan ovqat o‘rnini bosuvchilarni iste'mol qilish nafaqat ozishda sezilarli darajada yaxshiroq natijalarga erishishga, balki mushak massasi emas, moy qatlamlarining yemirilishi evaziga vaznni kamaytirishda ko‘maklashishini tasdiqladi. Klinik tadqiqot natijalari «Nutrition Journal» (Klinik oziqlanish jurnali) ning avgust oyi sonida chop etildi. Sinov natijalari bilan batafsil tanishish uchun: www.nutritionj.com/content/7/1/23 haolasiga o‘ting.

Mijoz bo'ling