Sifat nazorati

Barcha Herbalife mahsulotlari belgilangan sifat standartlariga qat'iy rioya qilgan holda ishlab chiqariladi.

Herbalife mahsulotlarini ishlab chiqarish dori vositalari, biologik faol qo‘shimchalar, tibbiyot buyumlari, oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish me'yorlari va qoidali xalqaro tizimini ifoda etuvchi Xalqaro ishlab chiqarish tajribalari, jumladan (Good Manufacturing Practice) talablariga, hamda XASSP (HASSP) "Nazorat keskin nuqtalarda xavflar tahlili" oziq ovqat mahsulotlar xavfsizligi menedjmenti tizimi talablariga javob beradi.

XASSP sistemasi — mahsulot xavfsizligiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadigan omillarni sistematik indentifikasiyalash, baholash va boshqarishni ko‘zda tutadigan konsepsiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, ishlab chiqarish jarayonlari va zaxiralarning tashkili strukturasi majmuidir. YeI, AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda XASSP sistemasi barcha oziq ovqat korxonalari va ularga tenglashtirilgan korxonalar uchun majburiydir. 2013 yilning iyul oyidan XASSP sistemasi Rossiya, Qazohiston va Belorussiyada oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun majburiy bo‘ldi. Herbalife Sifatni ta'minlash departamenti mahsulotlarning Ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifatni nazorat qilish xalqaro qoidalariga muvofiq yuqori sifat standartlari va xavfsizlik talablariga javob berishini ta'minlaydi.

Herbalife kompaniyasi mahsulotlarimiz tarqatiladigan mamlakatlar qonunchiligiga to‘liq rioya qilgan holda ish olib boradi. Lisenziyalash bo‘limi mahsulotlarning tartibga keltiruvchi talablariga muvofiqligini nazorat qiladi, shuningdek mahsulotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, deklaratsiya qilish va sertifikatlash ko‘rinishida muvofiqlikni tasdiqlashni amalga oshiradi (namunalar bilan quyidagi havolada tanishib chiqishingiz mumkin). Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish doirasida lisenziyalash bo‘limi davlat hokimiyati ijroiya organlari, shu jumladan Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish davlat xizmati (Rospotrebnadzor), FGBUN «FIS pitaniya i biotexnologii» (RTFA Oziqlanish ITI) va Rospotrebnadzorning Gigiena va epidemiologiya federal markazi FBGUZ ekspert tashilotlari hamda akkreditasiyalangan sinov laboratoriyalari bilan hamkorlik qiladi.

Bugungi kunda kompaniyamiz ko‘psonli sanoat, savdo va jamiyat tashkilotlarining faol ishtirokchisi, Parhez/oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari assosiasiyalari xalqaro Al'yansi asoschisi (IADSA), Umumjahon to‘ppadan to‘g‘ri sotish assosiasiyasi a'zosidir. 1998 yildan buyon Herbalife kompaniyasi Rossiya to‘ppadan to‘g‘ri sotish assosiasiyasi katta a'zosi, SRO (Biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchilari ittifoqi), AEB assosiasiyasi (Evropa Biznesi Assosiasiyasi) a'zosi, 2010 yildan esa – Dietologlar va nutrisiologlar milliy assosiasiyasi (DNMA, Rossiya) a'zosidir.

Mijoz bo'ling