Mustaqil Hamkorlar uchun kirish

Kompaniya Mijozlari manfaatalarini himoya qilishning Oltin standarti

A'zo bo‘lishning minimal shartlari

Majburiy minimal hajmda mahsuloti xarid qilish yo‘q, boshlang‘ich xarajatlar esa katta emas. Herbalife bilan Hamkorlikni boshlash va unda muvaffaqiyatlarga erishish uchun mahsulotlar yoki biznes asboblaridan xarid qilishingiz shart emas.

Qaytarib berish kafolati

Agar Siz biror bir sababga ko‘ra Hamkorlik qilishdan bosh tortsangiz, Mustaqil Hamkor To‘plamiga sarflangan mablag‘laringizni 90 kun ichida qaytarib olishingiz mumkin.

Agar Siz biror bir sababga ko‘ra Hamkorlikdan bosh tortsangiz, so‘nggi 12 oy ichida buyurtma qilinib o‘z qadog‘ida saqlangan ishlatilmagan mahsulotlar yoki reklama materiallari mablag‘lari qaytarilishiga hamda qaytarib beriladigan mahsulotning Kompaniyaga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning qoplanishiga 100% kafolat beriladi.

Potensial daromadlar haqida oldindan ma'lumot olish imkoniyati* Biz O‘rtacha Mukofotlar Darajasi hisobotida Mustaqil Hamkorlarimizning potensial daromadlariga oid tushunarli, aniq va o‘z vaqtida ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Yozma tasdiqlash

Biz har bir Mustaqil Hamkordan uning Mustaqil Hamkor va Shartnoma olishidan oldin Oltin Standartning har bir kafolati haqida ma'lumot olganligini yozma ravishda tasdiqlashni so‘raymiz.

Mahsulot va biznes imkoniyatlariga oid aniq ko'rsatmalar

Kerakli mahsulot eng yaxshi natijalarga erishish uchun to‘g‘ri ishlatilishi uchun har bir mahsulotning afzallik tomonlari va undan foydalanish usullari mahsulot yorlig‘ida yoki axborot materiallarida keltiriladi.

Mahsulotlarning tasdiqlangan xossalari va ular haqida ma'lumotlarni Mustaqil Hamkor To‘plamidagi Ma'lumotnomadan va boshqa rasmiy adabiyotlardan hamda uz.myherbalife.com saytidan olishingiz mumkin.

Biz biznes imkoniyatlari va u yoki bu sathda muvaffaqiyatli ish olib borish uchun qancha harakat talab qilinishi haqida haqiqiy ma'lumotlar beramiz.

Herbalife va bizning Mustaqil Hamkorlarimiz eng yuqori axloq standartlariga rioya qilishadi.

Agar Sizga Herbalife mahsulotlari va ularning xossalari haqida tasdiqlanmagan axborot, hamda O‘rtacha Mukofotlar Darajasi Hisobotiga muvofiq kelmaydigan potensial daromadalr haqida yoki u yoki bu Mustaqil Hamkorning shubhali xulq-atvori haqida ma'lum bo‘lsa, Axborot ko‘magi bo‘limi bilan 8 800 200 74 74 telefoni orqali bog‘laning.

Faqat birgalikda ishlab biz Herbalife KOMPANIYa Mijozlari manfaatlarini himoya qilishning Oltin Standartlariga rioya qilishini ta'minlay olamiz.

* Keltirilgan daromadlar va tijoratni ilgari surish namunalari individual bo‘lib, shart emasdir.
So'rov qoldiring