Xayriya

Herbalife butun dunyo bo‘ylab xayriya faolliyatini olib boradi.

Herbalife Foundation (HNF) xayriya fondi

– notijorat tashkilot bo‘lib, uning mablag‘ bilan ta'minlanishida Herbalife xodimlari va Mustaqil Hamkorlari ishtirok etishadi. 1994 yilda kompaniya asoschisi Mark X'yuz tomonidan tuzilgan HNF ehtiyojmand bolalarga yordam ko‘rsatadi. Tashkil qilinganidan boshlad fond ehtiyojmand bolalarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan turli dasturlarga 6,5 mln.doll. mablag‘ o‘tkazib, bolalarni ochlikdan, sovuqdan, qashshoqlikdan saqlab ularga tahsil va tibbiy yordam olish uchun keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Fond shuningdek tabiiy ofatdan zara ko‘rgan odamlarga ko‘mak berib kelmoqda (2004-2005 yillarda tabiiy ofat qurbonlariga yordam berish uchun bir millionga yaqin mablag‘ ajratib, buning uchun Fond Qizil Xoj mukofotiga sazovor bo‘lgan).

Casa Herbalife

– Fondning xalqaro dasturlaridan biri bo‘lib, bolalar oziqlanishini yaxshilashga yo‘naltirilgan. Ushbu dastur doirasida Fond turli mamlakatlardagi xayriya tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Dastur Fond tomonidan Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 1998 yilda qurilgan manzilgoh nomi bilan Casa Herbalifedeb ataladi. Ayni paytda butun jahon bo‘ylab 130 dan ortiq Casa Herbalife dasturlari amal qilib, 100 mingdan ortiq bolalarga yordam ko‘rsatdi.

Xayriya dasturlaridan tashqari Casa Herbalife Mustaqil Hamkorlar Herbalife Rossiya va MDH mamalkatlaridagi bolalar uylariga yordam ko‘rsatadi. Bugungi kunda Herbalife Mustaqil Hamkorlar ishlaydigan Krasnoyarsk, Rostov-Don, Kirov, Magnitogorsk, Barnaul, Ust-Ilimske, Kirovsk, Chelyabinsk, Yekaterinburg, Krasnoarmeysk, Tol'yatti, Ufa, Sevastopol va boshqa shaharlarda yolg‘iz bolalar ularning qo‘llab-quvvatlashlari tufayli o‘z hayotlarini yaxshi tomonga tubdan o‘zgartiridilar.

Xayriya tadbirlarida ishtirok etish

Herbalife boshqa tashkilotlarning ham xayriya tadbirlariga homiylik qiladi. 2015 yilda Herbalife kompaniyasi Los-Andjelesdagi Maxsus Olimpiya o‘yinlarining rasmiy oziqa ta'minotchisi hamda Rossiya terma jamoasining homiysi bo‘ldi.

2014 yilda Herbalife jamoasi «United Chari Games-2014» xayriya yugurishida ishtirok etdi. Kompaniya bu tadbirning homiysi sifatida chiqib g‘oliblarga mukofotlar taqdim etdi.

HNF xayriya fondi