Ishlab chiqarish

Ushbu bosqichda biz xom ashyodan kerakli mahsulot formulalarini yaratamiz.

Ularning aksariyati Herbalife ning asosiy korxonasi – Uinston-Salem (AQSH) shahridagi Innovatsiya va ishlab chiqarish markazida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, Herbalife masalliqlar va xom ashyo ishlab chiqaradigan boshqa yirik korxonalar – Fine Foods, Italiya, Liotécnica Tecnologia em Alimentos, Braziliya, bilan zich hamkorlikda ish olib boradi.

Sifatning jiddiy tahlili

SHerik ob’ektlarida Herbalife korxonalaridagi kabi tayyor formulalarning kompnaiyamizning barcha talablariga muvofiq kelishini tekshirish uchun qat’iy va jiddiy sifat tahlili o’tkaziladi. Biz u yoki bu tekshiruv o’tkazilganligini diqqat bilan kuzatib, har bir mahsulot partiyasi sifati va tarkibini nazorat qilib boramiz.

Butun jahon bo’ylab ishlab chiqarish ob’ektlari

Kompaniyamiz qanchalik kengaygan va rivojlangan sari oldimizda undanda keng imkoniyatlar ochiladi. Hozirning o’zida Herbalife butun dunyo bo’ylab ko’plab ishlab chiqarish ob’ektlariga ega, jumladan Xitoyda, Germaniyada, Hindistonda va boshqa mamlakatlarda.

Iste’dodli mutaxassislar jamoasi

Bizning turli sohalardagi iste’dodli mutaxassislarimz va olimlarimiz jamoasi har kuni noyob mahsulotlarni yaratish ustida ish olib borib, o’z yangiliklari bilan doimo hammani hayratda qoldirmoqda. Biz hech qachon erishilgan yutuqlarimiz bilan chegaralanib qolmaymiz.