Xom ashyo

Barcha ko’rsatkichlar bo’yicha yuksak bo’lgan masalliqlarni tanlab olib, ularga ishlov berishni boshlaymiz.

Biz mahsulotlarimiz uchun masalliqlarni tanlash, yaratish va tayyorlashga alohida e’tibor bilan yondashamiz.

YUqori sifatli xom ashyo

Har biri alohida texnologiya talab qiladi: soya dukaklari yog’sizlantirilgan yormaga aylantiriladi, aloe barglaridan gel va sharbat olinadi, quruq va maydalangan choy barglari esa issiq suvda ekstrakt olingunga qadar ivitiladi. Mana shunday qilib bizning masalliqlarimiz yuqori sifatli xom ashyoga aylanadi.

Ko’pzinali sinov bosqichi

Har bir ishlab chiqarish bosqichida mahsulotlarimizning Herbalife ning qattiq talablari va Tegishli ishlab chiqarish tajribasi (GMP) talablariga javob berishini ta’minlash uchun biz ularni ko’pzinali sinov bosqichidan o’tkazamiz.

Xususan, xom ashyoni qayta ishlash bosqichida biz undagi vitaminlar va foydali moddalar miqdorini aniqlash uchun ximiyaviy va sifat tahlilini o’tkazamiz, hamda uning tozaligi va xavfsizligini nazorat qilamiz.

Ultrazamonaviy ilmiy usullar

Tibbiyot doktori, Herbalife Ilmiy-maslahat kengashi Raisi, Kaliforniya (AQSH) Universiteti qoshidagi Inson oziqlanish markazi direktori Devid Xiber hamda Herbalife Ilmiy-maslahat kengashi a’zosi va Nobel mukofoti sovrindori* Lui Ignarro boshchiligidagi olimlar va mutaxassislar ishimizning har bir bosqichida ultrazamonaviy ilmiy usullardan foydalanishadi.

* Nobel Fondi mustaqil tashkilot bo’lib, Herbalife® mahsulortlariga hech qanday ekspert baho bermaydi.