Herbalife Botanika bog’ini obodonlashtirish bo’yicha ekoaksiya tashkil etdi

VOQEALARDAN XABARDOR BO‘LING

1024.jpg


Herbalife Botanika bog’ini obodonlashtirish bo’yicha ekoaksiya tashkil etdi


8 may kuni Herbalife kompaniyasi Botanika bog’i hududini obodonlashtirish maqsadida ekoaksiya o’tkazdi, unda kompaniya xodimlari, mustaqil hamkorlar, shuningdek, bloggerlar va ekofaollar ishtirok etdilar.
Tashqarida yozga ohista otayotgan bahor, bu esa ko’plab shaharliklar tabiat bilan muloqot qilish uchun ayniqsa katta ehtiyoj his qilayotganliklarini bildiradi. 2021-yilda “O`zbekiston yangiliklari” sayti shahar aholisi o’rtasida ular qancha vaqtni ochiq havoda o’tkazishni xohlashlarini aniqlash maqsadida so’rov o’tkazdi. So’rovda 8000 dan ortiq kishi qatnashdi va so’rovda qatnashganlarning 61 foizi har kuni sayr qilishga ehtiyojlari borligini aytdilar.
Tabiat zamonaviy megapolis hayotining ritmida yetishmayotgan narsa - xotirjamlik va osoyishtalikni beradi. Britaniyaning Ekseter universiteti (University of Exeter, UK) tadqiqotchilari ruhiy xotirjamlik va yaxshi kayfiyatni saqlash uchun fuqarolarga haftasiga kamida ikki soat yoki kuniga 17 daqiqa tabiat qo’ynida bo’lishni tavsiya qiladilar. Shu bois shaharda yashil maydonlar qanchalik ko`p bo’lsa, uning aholisi ham shunchalik sog’lom bo’ladi.
8 may kuni poytaxtimizdagi eng yirik istirohat bog’laridan biri bo’lgan Toshkent Botanika bog’ida muvozanatlashtirilgan ovqatlanish bo’yicha jahon eksperti Herbalife kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan shahar makonini obodonlashtirish bo’yicha ekoaksiya bo’lib o’tdi. Kompaniyaning 50 dan ortiq xodimlari va mustaqil hamkorlari, blogerlar va ekofaollar bog’ hududini yig`ishtirib, shaharliklarning sevimli dam olish maskaniga qulay o’rindiqlar o’rnatdilar.
“Kompaniyamizning vazifasi (missiyasi) imkon qadar ko’proq odamlarga hayotini yaxshi tomonga o’zgartirishga yordam berishdir. Individual darajada, bizning mustaqil hamkorlarimiz yuqori sifatli Herbalife mahsulotlari tufayli mijozlarga ovqatlanish ratsionini o’zgartirishga va ularning jismoniy tayyorgarligi va farovonligini yaxshilashga yordam beradilar; global darajada biz ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslar va ekoaksiyalarni amalga oshirish orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etamiz.”, – deb o’rtoqlashdi Herbalife kompaniyasining O’zbekistondagi biznesni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bo’yicha menejeri Dinara Jafarova.

Herbalife o’z biznesining ekologiyaga salbiy ta’sirini minimallashtirishga intiladi. 2008 yildan beri kompaniya plastikni ishlab chiqarish va atrof-muhitda foydalanishni kamaytirish kursini oldi. Birgina oxirgi ikki yil ichida Herbalife xodimlari dunyo bo’ylab 766 ming kg dan ortiq qadoqlash va boshqa materiallarni qayta ishladilar va qadoqlash materiallari, shu jumladan plastik, qog’oz va boshqa sarf materiallari aylanmasini 227 ming kg ga qisqartirdilar.