Jahondagi Hamkorlar

KRISHTIANU RONALDU
KRISHTIANU RONALDU

Jahon futboli yulduzi, Portugaliya.

Sevimli HERBALIFE mahsulotlari:

  • Formula 1 prtoteinli kokteyl
  • Proteinli batonchalari

Krishtianu Ronaldu zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. U sanoqsiz rekordlarni yangilab, Yevropaning eng yaxshi to‘purari sifatida 2008 va 2013 yillarda ikki marta «FIFA Oltin to‘pi» sohibi bo‘lgan, FIFPro versiyasiga ko‘ra Jahonning eng zo‘r futbolchisi, World Soccer versiyasiga ko‘ra Jahonning eng zo‘r futbolchisi, FIFA versiyasiga ko‘ra Jahonning eng zo‘r futbolchisi va Yevropaning eng zo‘r futbolsisi deb tan olingan (Onze d’Or).

Bugungi kunda Ronaldu Real Madrid jamoasi tarkibida o‘zining muvaffaqiyatli chiqishlarida davom etib, ham Ispaniyaning Premer ligasi (La Liga) va ham xalqaro musobaqalarda a'lo natijalar ko‘rsatmoqda.

Ronaldu o‘z futbolchilik faoliyatini 8 yoshligida boshlagan, u Andorin'ya havaskor jamoasida o‘ynab, juda tez nazarga tushib mahalliy «Nasyonal» futbol klubiga taklif qilingan. Yevropa chempionatidagi g‘alabadan so‘ng Ronaldu «Sporting» klubiga taklif qilindi, bu klub u bilan 13 yoshdaligida shartnoma tuzgan. 2003 yilda "Sporting" jamoasining gulduros muvaffaqiyatidan so‘ng Ronaldu «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tib, u yerda 2009 yilga qadar - uni «Real Madrid» jamoasi xarid qilib, futbol tarixida eng qimmat o‘tish shartnomasini imzolagunga qadar to‘p surgan. Ispaniyaning Prem'er ligasidagi o‘yinlardan tashqari Ronaldu o‘z Vatani terma jamoasida ham to‘p suradi. U Yevropa kubogi va Jahon kubogi musobaqalarida Portugali terma jamoasida o‘ynaydi.

Futbol maydonidan tashqarida Ronaldu xayriya faoliyati bilan faol shug‘ullanib, «Bolalarni Qutqaramiz» (Save the Children) xalqaro tashkiloti hamda Indoneziyadagi Mangra o‘rmonlarini himoya qilish tashkiloti (The Mangrove Care Forum) elchisi hamdir.