21.09.2022 336 0
(0 ovoz)

Qanday qilib doimiy stressdan qutulish mumkin?

Qanday qilib doimiy stressdan qutulish mumkin?

"Stress" deb, atrof-muhitning salbiy omillariga tananing himoya reaktsiyasini aytiladi. Bu tuyg'uni boshdan kechirmaydigan biron bir odam bo’lmasa kerak. Agressiya va yig’loqilik, charchoq va qo'rquv, kayfiyatning o'zgarishi va doimiy xavotir - bularning barchasi stressning oqibatlari.

Har qanday hayotiy sharoitlarni, kimningdir qo'llab-quvvatlashi yordamida yengish osonroq. Herbalife Nutritionning Shaxsiy Maslahatchisi bilan bog'lanish orqali muvozanatlashtirilgan turmush tarziga yo'l toping.

Turmush tarzi stress darajasiga qanday ta'sir qiladi

Haddan tashqari axborotlarning ko’pligi, katta shaharlarning sur’atlari, tig’iz ish jadvali, o'zgaruvchan ob-havo sharoiti hissiy fonda o’z aksini topadi.

Inson ishlaydigan faoliyat sohasi stress darajasiga ta'sir qiladi. Agar mas'uliyat yuqori darajada bo'lsa, doimiy tashvishlarsiz buni uddalash qiyin. Do'stlar bilan kamdan-kam uchrashuvlar, oilaviy munosabatlar va o'ziga past baho berish ham stressning sabablari hisoblanadi.

Odam asabiylashganda nima bo'ladi?

Stress turlarini tizimli va ruhiy turlarga bo'lish mumkin. Tizimli turiga tananing shikastlanishga, infektsiyaga, isitmaga, yallig'lanishga bo’lgan javobi kiradi. Ruhiy turi ruhiy-emotsional darajada va shundan keyingina biologik darajada namoyon bo'ladi.

Inson stressni uch bosqichda boshdan kechiradi. Birinchi bo’lib, xavotir paydo bo'ladi, bu haqda miyaga signal yuboriladi va qonga adrenalin gormoni chiqariladi. U tufayli, barcha ichki jarayonlar faollasha boshlaydi, odamning puls tezligi oshadi, arterial bosimi va qand miqdori oshadi. Keyin qarshilik bosqichi keladi, tana barcha jarayonlarni bir xil yo'nalishda tartibga solish va yo'naltirishga harakat qiladi, normal holatga qaytadi. Biroq, tanani safarbarlikka shay qilib turadigan stress omili qoladi. Uchinchi bosqichda stress uzoq vaqt davom etadi. Tana xavotirga moslashish qobiliyatini yo'qotadi, bu ortiqcha zo’riqish va depressiyani keltirib chiqaradi.

Stressni boshqarishning asosiy usullari

Stressning oldini olish va uni engishning oddiy usullari mavjud.

● Ruhiy holatingizga g'amxo'r bo’ling, ichki dunyoingiz va tanangiz bilan uyg'unlikda yashang, ko'proq ijobiy his-tuyg'ularni boshdan kechiring.

● Xavotir kirib kelayotganini his qilganingizda, chuqur nafas oling, o'zingizni qo’lga oling va nafasingizni nazorat qiling. Salbiy fikrlar tarqalishiga yo'l qo'ymang.

● Toza havoda sayr qilish va har qanday jismoniy faoliyat ruhiy-emotsional holatga sezilarli darajada ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Stretching, skandinavcha yurish, velosiped haydash bilan shug'ullaning.

● O’z kechinmalaringizni yaqinlaringiz bilan baham ko'ring, his-tuyg'ularingizni ichingizda saqlamay tashqariga chiqarish muhim. Ba'zida suhbat orqali sizni bezovta qilayotgan muammoni hal qilishi mumkin.

● Shaxsiy muammolaringizdan boshqa odamlarga yordam berishga o'ting. Atrofga qarang, ehtimol odamlar sizning yordamingizga muhtojdir.

● Ijodiy izlanishlar, o'qitish, floristika, dekorlash yoki qurilish bo'ladimi, o’zingizni ifodalashniing yangi vositasini toping.

● O'zingizni mazali taomlar bilan xursand qiling, lekin oqsillar, yog'lar va uglevodlar muvozanatini saqlang. Ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilash va ovqat hazm qilish tizimining tabiiy faoliyatini rag'batlantirish uchun Aloe Klassik O’tli Ichimligini 1 ni sinab ko'ring.

Manbalar:

1. Herbalifeuzbekistan.com: Aloe Klassik O’tli Ichimligi// URL: https://herbalifeuzbekistan.com/ru/catalog/rastitelnyy-napitok-aloe-klassicheskiy/ Murojaat sanasi: (20.08.2022)

Herbalife
Ракова Ирина Сергеевна
Maqolani baholang:
(0 ovoz)