Herbalife is the #1
weight management and well-being brand in the world. *

3.08.2022 950 0
(0 ovoz)

Qoida bo'yicha toblanish

Qoida bo'yicha toblanish

Quyosh nurlari ostida teri D vitaminini ishlab chiqaradi. Ammo quyosh vannalarini qabul qilish xavfsizlik qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak, aks holda go'zal tusli terining zarari keltiradigan zavqidan ko'ra ko'proq bo'ladi.

Quyoshda to'g'ri toblanish - nima degani?

Chiroyli toblanish ultrabinafsha nurlariga bog’liq. Huddi shu nurlar uzoq vaqt davomida quyoshda bo’lganda quyoshdan kuyishga ham olib kelishi mumkin. Ultrabinafsha nurlari terining chuqur qatlamlariga kirib, undagi yoshga bog'liq o'zgarishlarni tezlashtirish xususiyatiga ega. Shuning uchun ultrabinafsha nurlanishidan himoyalanish juda muhimdir.

Xavfsiz toblanish alifbosi

Bor-yo’g’i oltita oddiy qoida sizni quyosh vannasidan keyingi muammolardan xalos qiladi.

Plyajda faol bo'ling

Bir tekis toblanish uchun quyosh vannalari paytida harakat qilish, masalan, badminton yoki voleybol o'ynash tavsiya etiladi. Aks holda, terida och rangli teriga ega joylar qolishi mumkin.

Tomchilarni artib oling

Teridagi kichik suv tomchilari linzalar kabi ishlaydi va terida mikro kuyishlarni qoldiradi. Cho’milgandan keyin sochiq bilan artinib olish kerak.

Dozalang

Birinchi kunlari taxminan 30 minut quyoshda bo’lish kifoya. Keyin kuniga bir yarim - ikki soatdan faol quyoshdan bahramand bo'lishingiz mumkin.

Optimal vaqt oralig’ida quyoshda toblaning

Maksimal quyosh nurlanishi soat 10:00 dan 16:00 gacha bo’lgan vaqt oralig’iga to’g’ri keladi 1. Shuning uchun ertalab yoki kechqurun quyoshda toblanish tavsiya etiladi.

Ratsioningizni o'zgartiring

Antioksidant faollikka ega mahsulotlar quyosh nurlarining zararli ta'sirini kamaytiradi. Ular orasida qizil chuchuk qalampir, qulupnay, avokado, anor, bodom, pomidor, tarvuz, ichimliklardan esa - ko'k choy bor 2.

Quyoshga chiqishdan oldin quyoshdan himoyalovchi krem surtib oling

Quyoshdan himoyalovchi kremlarda maxsus elementlar - filtrlar bor. Ularning har xil turlari mavjud bo’lib, kompleksli himoya qilish uchun kremda ularning barchasi mavjud bo'lishi kerak. SPF30 himoyalovchi kremi teri uchun turli filtrlarni, shuningdek, C va E vitaminlarini o'z ichiga oladi. Kremni surish quyoshda uzoq vaqt bo’lgandagi zararli omillar ta'sirini kamaytirishga yordam beradi. SPF 30 himoya omili yoz kunlari uchun optimal hisoblanadi.

Yuz va tanani parvarishlash uchun boshqa kosmetik mahsulotlar haqida bilib olish uchun Herbalife Nutrition bo'yicha Shaxsiy Maslahatchi bilan bog'laning.

Manbalar ro'yxati

  1. The Burning Facts // United States Environmental Protection Agency. URL: https://www.epa.gov/sites/default/files/documents/sunscreen.pdf (дата обращения: 14.07.2022).
  2. 20 Foods With UV-Protecting Properties // Eat This, Not That. URL: https://www.eatthis.com/sun-protecting-foods/ (дата обращения: 07.07.2022).
Herbalife
Александра Сергеевна Вишневская
Maqolani baholang:
(0 ovoz)


Mijoz bo'ling