Qovoqning shirin ta'mi sho'rvalar va shirinliklarda uyg'undir. Qovoqning qimmatli xususiyatlari haqida biladiganlar mamnuniyat bilan uni o'z ovqatlanish ratsioniga kiritadilar.
Sabzavotning vatani Amerika hisoblanadi. XVI-asrda uni Yevropada bilib olishdi. O'zbekistonda hatto qovoq muzeyi ham bor - bu sabzavotni juda yaxshi ko'ramiz va uning obro’si baland.
Qovoq qimmatli oziq-ovqat mahsuloti sifatida
Qovoqning yagona kamchiligi - oqsillar miqdorining kamligida. Bu sabzavotda uning atigi 1% bor. Qovoqli taom muvozanatlashtirilgan bo’lishi uchun retseptga yuqori sifatli oqsilga boy mahsulotlarni kiritish kerak. Bular, masalan, Herbalife Nutritionning Vanil ta’mli Formula 1 Proteinli kokteyli va Formula 3 Proteinli aralashmasi [1, 2]. Organizmingizning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni menyuga qanday qo'shish kerakligini sizga Herbalife Nutrition Shaxsiy Maslahatchisi aytib beradi.
Qolgan hammmasi - faqat afzalliklari. Tadqiqotchilar kattalarga yiliga kamida 15 kilogramm bu sabzavotni iste'mol qilishni tavsiya qiladilar, chunki qovoq etida ko'plab qimmatli nutrientlar mavjud: beta-karotin, C vitamini, kaliy, temir, magniy, organik kislotalar, shuningdek pektinlar, to'yinmagan yog'li kislotalar, lyutein. Qovoq urug'lari hid va ta'm bilish tizimlarining ishlashiga ko’mak beradigan ruxga boy. Shu bilan birga, qovoq eti kam kaloriyali: 100 grammda taxminan 30 kilokaloriya. Ushbu parhez mahsulotni sog'lom turmush tarzi qoidalariga rioya qiladiganlar munosib baholashadi.
Vanil va qovoq: kokteyl retsepti
Tayyorlash uchun sizga*:
● Vanil ta’mli Formula 1 Proteinli kokteyli- 3 o’lchov qoshig’i
● Formula 3 Proteinli aralashmasi- 1 o’lchov qoshig’i
● Sut 1,5% - 100 mililitr
● Suv - 100 mililitr
● Yangi qirg’ichdan chiqarilgan qovoq - 40 gramm
● Yangi nok - 50 gramm kerak bo’ladi.
Tayyorlash usuli**:
Qirg’ichdan chiqarilgan xom qovoq va qolgan mahsulotlarni blenderda bir daqiqa aralashtirib oling. Qovoq eti va yong'oq bilan bezatilgan baland stakanda stolga torting.
* Retseptlardagi mahsulotlar miqdori taxminiy. Herbalife Nutrition mahsulotlarini ishlatishdan oldin yorliqlardagi ma'lumotlarni o'qib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
** Agar mahsulot yorliqda ko'rsatilgan usuldan boshqacha usulda tayyorlangan bo'lsa, mahsulot xususiyatlari o'zgarishi mumkin.
Manbalar ro'yxati
- Herbalifeuzbekistan.com: Протеиновый коктейль Формула 1 со вкусом ванили // URL: https://herbalifeuzbekistan.com/ru/catalog/proteinovyy-kokteyl-formula-1-vanil/ (дата обращения: 13.08.2022).
- Herbalifeuzbekistan.com: Протеиновая смесь Формула 3 // URL: https://herbalifeuzbekistan.com/ru/catalog/formula-3-proteinovaya-smes/?sphrase_id=2095 (дата обращения: 13.08.2022).