10.08.2022 291 0
(0 ovoz)

Uxlashdan oldin tvorog iste’mol qilish: ijobiy va salbiy tomonlari

Tvorog - oqsil manbai bo'lib, muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ratsioni uchun zarur. Ammo kechqurun tvorog iste’mol qilmagan ma’qul degan fikr bor. Haqiqatan ham shundaymi?

Tvorogning qiymati qanday

Tvorog juda ko'p muhim xususiyatlarga ega. Bu yaxshi hazm bo'ladigan sut oqsilidir. Nordon sutli mahsulot tarkibida turli xil aminokislotalar, fosfor, temir, magniy, kaltsiy bor. Ularning barchasi organizm uchun muhim ahamiyatga ega, kaltsiy esa qon hosil qilish va ivishi tizimlari, nerv impulslarini uzatish, mushaklarning ishlashi, fermentlar va gormonlar ishlab chiqarish uchun zarurdir.

Kaltsiy miqdori bo'yicha tvorog - yetakchilardan biri hisoblanadi: 100 gramm yog'li tvorog tarkibida bu mineral 150 milligramm, yog’sizlantirilgan tvorogda esa - 120 milligrammgacha bo’ladi. Tadqiqotchilar kattalar uchun kuniga 1000 milligramm kaltsiy iste’mol qilishni tavsiya qiladilar.

Kechki ovqatga tvorog yeyish mumkinmi?

Sekin so'rilishi tufayli gastroenterologlar tvorogni ertalab yeyishni maslahat berishadi. Ammo agar oqsil yoki kaltsiyning sutkalik normasini olishingiz kerak bo'lsa, tushlikdan keyin qo'shimchalarsiz yog’sizlantirilgan tvorogdan taxminan 100 gramm iste'mol qilish mumkin. Bundan tashqari, tvorogda uyquga ketishga yordam beradigan L-triptofan aminokislotasi mavjud 1.

Ammo bir narsa bor: yog’sizlantirilgan tvorogdan olingan bunday muhim ahamiyatga ega kaltsiy 5-8% yog'li klassik tvorogdan ko'ra yomonroq so'riladi. Bu jihat D vitamini darajasi past bo'lgan odamlar uchun ayniqsa muhimdir - u kaltsiyning so'rilishini tartibga soladi. Shunday qilib, yog'li tvorog eng maqbuldir, ammo ozish niyatida bo’lganlar uni kechki ovqat uchun iste'mol qilmasliklari kerak.

Kechki ratsionda tvorogni o’rnini bosuvchilar bilan almashtirish variantlari

Agar kechki ovqat uchun oqsil kerak bo'lsa, oqsillar, vitamin-mineralli komplekslar, oziq-ovqat tolalari va L-triptofanni o'z ichiga olgan - Formula 1 Kechki Kokteyli proteinli * mahsuloti tvorog o'rnini bosishi mumkin.

Kun bo'yi muvozanatlashtirilgan ratsion mahsulotlari haqida ko'proq ma'lumot olishni istaganlar uchun Herbalife Nutrition Shaxsiy Maslahatchisi yordam beradi.

 * BFQ. Dori vositasi emas.

Manbalar ro'yxati

  1. Hartmann Е. Effects of L-tryptophan on sleepiness and on sleep // Journal of Psychiatric Research. 1982–1983. Volume 17, Issue 2. URL: https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/0022395682900127 (дата обращения: 08.08.2022).
Herbalife
Александра Сергеевна Вишневская
Maqolani baholang:
(0 ovoz)