Mundarija:
Kuzda quyosh nuri miqdori kamayadi, havo sovuqlashadi va ayni paytda kayfiyat ham o'zgaradi. Kuzgi mayuslikka berilmaslik uchun ko'p odamlar yuqori kaloriyali taomlar bilan bir piyola choy ichib uyda vaqt o'tkazishga moyil bo’lishadi. Bunday turmush tarzi, agar siz ratsioningizni o'z vaqtida nazorat qilmasangiz, ortiqcha vazn yig’ishga olib kelishi mumkin. Kuz kelishi bilan vaznni nazorat qilish uchun qanday ovqatlanish odatlarini joriy qilish kerakligini maqolada ko’rib chiqamiz.
Menyuni tanlashda mutaxassislarning maslahati qimmatli bo'ladi, Herbalife Nutritionning Shaxsiy Maslahatchiga murojaat qiling, u sizning muvozanatlashtirilgan ratsioningiz uchunda o’z tavsiyalarini beradi.
Kuz mavsumida vaznni qanday nazorat qilish kerak?
● Albatta menyuga mavsumiy meva va sabzavotlarni ham kiritishni unutmang. Ularni yangiligida iste’mol qilish yaxshiroq, shunday qilinsa, barcha qimmatli xususiyatlarni o’zida saqlab qolishadi.
● Ko'p suv iching, ba'zan ochlik hissini suyuqlikning yetarli emasligi bilan adashtirish mumkin.
● O'zingiz pishiring. Ovqatlaringizda ishlatiladigan shakar va yog' miqdorini mustaqil nazorat qilishingiz mumkin.
● Kechqurun shirinlik yemang. Agar siz shirinliklarni yaxshi ko'rsangiz va ulardan butunlay voz kecholmasangiz, ularni kunning birinchi yarmida iste'mol qiling.
● Yetarlicha makronutrientlarni qabul qilganingizga ishonch hosil qiling. Suli-olmali ichimlikni 1 tatib ko'ring - uning tarkibida eriydigan va erimaydigan oziq-ovqat tolasi mavjud bo'lib, u ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.
● Mehmonga borish kerak bo'lsa ham, boshqa ovqat qabul qilishlardan voz kechishga sabab bo’la olmaydi. Kun davomida odatdagidek ovqatlaning, shunda mehmondorchilik paytida siz o'tkir ochlik hissini sezmaysiz.
● Oddiy ovqatlanishdan chetga chiqsangiz, o'zingizni koyimang. Asosiysi, bu odat tusiga kirib qolmasin.
● Tuzli ovqatlarni kamaytirishga harakat qiling. Tuz tanadagi suyuqlikni ushlab turadi.
Qaysi kuzgi mahsulotlardan vitaminlarni izlash kerak?
Ratsioningizga sabzi, uning yuqori qismini qo'shing va undan sharbat tayyorlang. Ushbu mahsulot tarkibida ko'p miqdorda A vitamini mavjud bo'lib, u umummustahkamlovchi ta'sirga ega, terining rangiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, antiseptik hisoblanadi va yaralarni bitkazadi.
Kuzgi ovqatlanishga, me'yorida, ovqatlarga turli xil: zaytun, makkajo'xori, kungaboqar, zig'ir, bodom yog'larini qo'shish mumkin. Ularda qon tomirlarining elastikligi uchun javob beradigan, hujayralarni yangilashda ishtirok etadigan va yoshga bog'liq teri o'zgarishlarini sekinlashtiradigan E vitamini yetarli darajada bo’ladi.
Dukkaklilar, kartoshka, bargli yashil sabzavotlar, tovuq tuxumida siz B guruhi vitaminlarini topasiz.Ular infektsiyalarga qarshi kurashda yordam beradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, mushaklarni mustahkamlaydi, soch va tirnoqlarning holatiga ta'sir qiladi.
Quyosh nuri yetishmaganda, D vitamini bor bo'lgan oziq-ovqatlarni ratsionga kiritish kerak.Uning katta miqdori dengiz baliqlarida (losos, olabug’a, tunets, treska, sardina), sut mahsulotlarida (tvorog, sigir suti) qo'ziqorinlar, apelsin sharbatida mavjud.
Kuz mavsumida shamollashning oldini olish uchun qovoqni iste'mol qilish tavsiya etiladi, chunki unda juda kam uchraydigan va juda muhim T va K vitaminlari bo’ladi. Ular infektsiyalar va viruslarga qarshi turishga immun tizimiga yordam beradi.
Choy damlash mumkin bo'lgan xushbo'y o'tlarni menyuga qo'shing. Bu yalpiz, toshcho’p, jo'ka, lavanda bo'lishi mumkin. Sevimli ziravorlaringizni ovqatlarga qo'shing, ular nafaqat ta'mni yaxshilaydi, balki kayfiyatingizni ham ko’taradi.
Manbalar:
1. Herbalifeuzbekistan.com: Suli-olma ichimligi // URL: https://herbalifeuzbekistan.com/ru/catalog/ovsyano-yablochnyy-napitok/ Murojaat sanasi: (19.08.2022)