14.09.2022 946 0
(0 ovoz)

Qanday superfudlar vaznni kamaytirishga yordam beradi?

Qanday superfudlar vaznni kamaytirishga yordam beradi?

U yoki bu ovqatlarni iste'mol qilib, ba'zan biz ularning qiymati haqida o'ylamaymiz. Ta'mi va xushbo'yligidan tashqari, ovqat immunitet va tanani mustahkamlash uchun muhim bo'lgan vitamin va minerallar bilan to'ldirilgan bo'lishi muhimdir. Superfood atamasi bilan ataladigan maxsus mahsulotlar mavjud bo'lib, ulardagi 100 grammdagi qimmatli elementlarning soni o'rtacha qiymatdan oshadi. Superfudlar nonushta uchun iste'mol qilinadi va tamaddi sifatida ishlatiladi.

Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ratsioniga qanday mahsulotlarni kiritish kerakligi haqida Herbalife Nutritionning Shaxsiy Maslahatchisidan bilib olishingiz mumkin.

Superfud o’zi nima?

Bu tabiat tomonidan yaratilgan va ko'plab qimmatli elementlarni o'z ichiga oladigan tabiiy mahsulotlardir. Ba'zan ular hayvonlardan olingan ovqatlarni o’rnini almashtirishi mumkin. Ular immunitetni ko’tarishga yordam beradigan noyob xususiyatlarga ega. Mutaxassislarning fikricha, superfudlar yoshga bog'liq o'zgarishlarga qarshilik ko'rsatishga qodir.

Vaznni kamaytirish uchun top superfudlar

Chia urug'lari

Chia urug'lari magniy, kaliy, fosfor, kletchatka va oqsillarga boy. Chia urug'idan foydalanish yoshga bog'liq o'zgarishlarni oldini oladi, suyaklar va mushak to'qimalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, artrozning oldini olish uchun chia urug'lari iste'mol qilinadi.

Godji mevalari

U zirk yoki chakanda bilan tashqi o'xshashliklarga ega, quritilgan holda ishlatiladi. O'z ichiga: A, E, B vitaminlarni oladi. Bu kichik rezavor mevalarda tsitrus mevalaridan ko'ra ko’proq askorbin kislotasi bor. Shuningdek, antioksidantlar, Omega 6 va Omega 9 yog 'kislotalari ham bor.

Peru makasi

Kukun shaklida mavjud. Bu o'simlik kaltsiy, fosfor, aminokislotalar, magniy, temir, yod, E, A, C, B6 vitaminlariga boy. Superfud immunitet tizimini mustahkamlaydi va umumiy chidamlilikni oshiradi.

Kakao donlari

Ushbu superfuddan maksimal darajada foydalanish uchun unga issiqlik bilan ishlov bermasdan xomlayin iste'mol qilish kerak. Kakao donlari qon bosimini barqarorlashtiradi, asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi, uyquni normallantiradi, immun tizimini mustahkamlaydi.

Guarana

Tonik, mustahkamlovchi, profilaktik va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega. Bakterial infektsiyalarning oldini olishga yordam beradi, almashinuv jarayonlarini tezlashtirishda ishtirok etadi. Mahsulot tarkibida B, A, E guruh vitaminlari mavjud.

Avokadoning qimmati nimada?

Ko'p miqdordagi qimmatbaho elementlarga boy meva - avokadoni shunday deb atashadi. U butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlarning e'tirofi va ishonchini qozongan mashhur superfud hisoblanadi. Uni nonushta uchun xomlayin tanlanadi va tayyor ovqatning bir qismi sifatida iste'mol qilinadi. Bu mevani haftada bir necha marta iste'mol qilinsa, tanaga juda ko'p ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Avokado teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi, asab tizimining faoliyatini normallashtiradi va xolesterin darajasini pasaytiradi. Uning tarkibida karotinoidlar, kaliy, natriy, kaltsiy, fosfor, marganets, magniy, temir va B guruhi vitaminlari mavjud.

Mevaning yuqori yog'li tarkibi haqida ham unutmaslik kerak. O'rtacha meva 50-55 grammgacha yog' saqlaydi, bu katta odam uchun deyarli kunlik norma hisoblanadi.

"Superfudlar" asosiy ratsionga qo'shimcha sifatida qaralishi mumkin. Bundan tashqari, boyitilgan mahsulotlar yordamida menyuni muvozanatlashtirilgan holga keltirishingiz mumkin. Formula 3 Proteinli aralashmasi 1 oqsil va vitaminlarning qo'shimcha manbai hisoblanadi.

Manbalar:

1. Herbalifeuzbekistan.com: Formula 3 Proteinli aralashmasi // URL: https://herbalifeuzbekistan.com/ru/catalog/formula-3-proteinovaya-smes/ Murojaat sanasi: (19.08.2022)

Herbalife
Ракова Ирина Сергеевна
Maqolani baholang:
(0 ovoz)