29.06.2022 179 0
(0 ovoz)

Birgalikda sog'lom turmush tarzi yo'lida: hamkoringizga qanday ko’mak berish mumkin

Birgalikda sog'lom turmush tarzi yo'lida: hamkoringizga qanday ko’mak berish mumkin

Yaqin insonlarning ko’magi balansli turmush tarziga o'tishga qaror qilganlar uchun muvaffaqiyatning muhim shartidir. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishda hamkoringizni rag'batlantiring, uning yonida bo'ling.

Sizning hamkoringiz ko’makka muhtojmi

Agar odam umidsizlik holatida - maqsadga erishib bo'lmaslik tuyg'usida bo'lsa, ishtirok etish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bunday holda, yordam berish uchun faqat bitta to'g'ri strategiya mavjud – ko’maklashish.

Umidsizlikning rivojlanishini quyidagilar ko'rsatishi mumkin:

●     yutuqlardan norozilik;

●     ishonchni yo'qotish;

●     befarqlik;

●     asabiylashish.

Ko'mak turlari

Samarali ko'mak bir necha darajalarda berilishi mumkin:

●     motivatsion - odamni o'z-o'zini rivojlantirish zarurligiga ishontirish;

●     kognitiv - o'zi haqidagi fikrini oshirish;

●     hissiy - salbiy his-tuyg'ularni yengish;

●     xulq-atvor - kerakli xarakter xususiyatlarini rivojlantirish.

Ko'proq darajalar - yanada samarali ko'maklashish. Asosiysi, uning to'g'ri taktikasini tanlash: yumshoq yoki faol. Yumshoq ko'mak ma`qullashga asoslanadi, faol harakatni rag'batlantiradi. Sherikning hozirgi vaqtdagi kayfiyatini hisobga olgan holda uslubni tanlash kerak.

Ko'maklashishning boshqa usullari

Maqsadingizga erishishga yordam beradigan yana bir nechta g'oyalar.

Yonida bo'ling

Sog'lom turmush tarzining asosiy tamoyillariga ko'nikish birgalikda samaraliroq. Yetarli jismoniy faollik*, chekish, spirtli ichimliklar va nosog'lom ovqatlardan voz kechish - bularning barchasi nafaqat yaqinlaringiz, balki siz uchun ham qoidaga aylanishi mumkin.

Ratsioningizni kengaytiring

Balansli ovqatlanish zerikarli va monoton degani emas. Herbalife Nutrition katalogining mahsulot kartalarida siz sog'lom turmush tarzi tamoyillariga javob beradigan mazali taomlarni topishingiz mumkin.

Muvaffaqiyatlarga e`tibor bering

Balansli turmush tarziga uzoq yo'lda, kimdir sodir bo'layotgan o'zgarishlarni sezishi muhimdir. Hamkoringizga uning harakatlarining samarasini ko'rayotganingizni ayting.

Chetdan qarang

Muammoni tashqaridan ko'rish va uni qanday hal qilishni taklif qilish osonroq. Misol uchun, uyatchan odam olomon orasida katta fitnes klublarida o'zini noqulay his qiladi. Asta-sekin u ishtiyoqni yo'qotadi, mashg'ulotlarni o'tkazib yuboradi. Unga yaqin joyda sport bilan shug’ullanish uchun kichik, gavjum bo'lmagan sport zali borligini ayting.

Ko'makni toping

Hamkoringizni Herbalife Nutrition Shaxsiy Maslahatchisi bilan bog'lanishga undang. Uning maslahati va yordami sog'lom turmush tarziga yo'lni tez va oson qilishga yordam beradi.

* Jismoniy faoliyat rejimini o'zgartirishdan oldin, mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Herbalife
Александра Сергеевна Вишневская
Maqolani baholang:
(0 ovoz)