7.09.2022 1705 0
(0 ovoz)

Vaznni kamaytirish uchun nafas olish gimnastikasi

Vaznni kamaytirish uchun nafas olish gimnastikasi

Maxsus nafas olish gimnastikasi mavjud bo’lib, uni bajarib vaznni kamaytirishi mumkin. Nafas olish mashqlarining kompleksi tanani kislorod bilan boyitishga yordam beradi, xazm qilishni yaxshilaydi, ochlik hissini bosadi va lipidlarni parchalash jarayonini ishga tushiradi.

Agar mashqlarga yana muvozanatlashtirilgan ovqatlanishni qo’shsa, vaznni kamaytirish uchun eng yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ratsionni tanlashda maslahat olish uchun Herbalife Nutritionning Shaxsiy Maslahatchisiga murojaat qiling.

Bu qanday ta’sir qiladi?

Chuqur nafas olganda kislorod tanadagi to’plangan yog’larni oksidlaydi va metabolizmni tezlashtiradi. Agar yetarli miqdorda kislorod tushmasa, tanada mushak spazmlarini, tsellyulitni va faollik yo’qolishini keltirib chiqaruvchi yallig’lanish mediatorlari yig’iladi.

Nafas olish mashqlarining printsipi, chuqur davomiy nafas yutish va tezda kichik nafas chiqarib tez nafas olishdan iborat.

Keyinchalik gimnastikaning davomiyligini ham yutilayotgan havo hajmini ham oshirib borsa bo’ladi.

Nafas olish gimnastikasi tanaga yana qanday samara ko’rsatadi?

Vaznni kamaytirish uchun maxsus mashqlar yog’ hujayralarini kushli parchalash va qorin tarangligini oshirishga yordam beradi, immunitetni oshiradi, tetiklik va yengillik hissini beradi. Gimnastika bilan shug’ullanish yurak-qon-tomir tizimini normallashtiradi, umurtqa pog’onasini mustahkamlaydi. Mashqlar bronxial astma va nafas olish yo’llarining boshqa kasalliklarida sog’ayish dinamikasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Nafas olish gimnastikasi qon oqimini yaxshilaydi, bel shaklini to’g’rilaydi. Muvozanatlashtirilgan ovqatlanish bilan birgalikda vaznni kamaytirishda muvaffaqiyatga erishish mumkin. Vanil ta’mli Formula 1 Proteinli kokteylini sinab ko’ring 1, unda barcha zarur qo’shimchalar va eng muhim vitaminlar bor.

Nafas olish gimnastikasiga misollar

Gimnastikani shamollatiladigan xonada yoki toza havoda har kuni bajarish kerak. Gimnastikadan ko’proq samara olish uchun, undan yarim soat oldin bir stakan iliq suv ichish mumkin.

●     Oyoqlaringizni to’g’ri burchak ostida buking va yoting. Bitta qo’l kaftini ko’krakka, ikkinchisini esa qoringa ko’ying. Havo yutayotganda biroz bosibroq nafas olishni boshlang. Taxminan 40 marta takrorlang.

●     O’rningizdan to’g’ri turib, qo’llarni tushiring. Polga yaqinlashib yelkalaringizni eging. Egilishning oxirgi nuqtasida chuqur nafas yuting. Havo chiqarayotganda tanangizni ko’taring, lekin ohirigacha emas. Mashqni 30 marta takrorlang.

●     To’g’ri turib, nafasni batamom chiqargan holda oldinga egiling. Keyin sekin-asta nafas yuting va nafasingizni bir necha sekund ushlab turing. Qo’llaringizni boshingizni tepasiga ko’taring va bir vaqtning o’zida havoni chiqaring. 10 marta takrorlang.

●     To’liq nafas yutib, imkoni boricha nafasingizni ushlab turing. Lablaringizni nay shakliga keltirib hamma havoni tezda, huddi shamni o’chirayotgandek, uchta tezkor nafas chiqarish yordamida chiqaring. Boshingizni to’g’ri ushlab turing. 10 marta takrorlang, ehtiyot bo’ling, boshingiz aylanib ketmasin.

●     7 sekund ichida to’la nafas yuting, keyin huddi shuncha vaqt ichida nafas chiqaring. Qorin muskullaringizni ichingizga yutib 5 sekund tanaffus qiling va 3,5 minut davomida yana 10 marta takrorlang.

Manbalar:

1.    Herbalifeuzbekistan.com: Vanil ta’mli Formula 1 Proteinli kokteyli // URL: https://herbalifeuzbekistan.com/ru/catalog/proteinovyy-kokteyl-formula-1-vanil/ Murojaat sanasi: (19.08.2022)

Herbalife
Ракова Ирина Сергеевна
Maqolani baholang:
(0 ovoz)