26.10.2022 3825 0
(0 ovoz)

Skandinavcha yurish: texnikasi, xususiyatlari va farqlari

Skandinavcha yurish: texnikasi, xususiyatlari va farqlari

Fincha yoki skandinavcha yurish so'nggi o'n yillikda juda mashhur bo'lib ketdi. Va bu bejiz emas, chunki u mushaklarni a`lo darajada mustahkamlaydi va tonusni oshiradi. Ushbu sport deyarli bir asr oldin jarohat olgan chang'ichi sportchilarni moslashtirish uchun ishlab chiqilganida paydo bo'lgan.

Nordik yurish har qanday yoshda faollikni saqlashga va jismoniy faoliyatni kundalik hayotga kiritishga yordam beradi.

Sport bilan shug'ullanish uchun ko'p energiya talab etiladi. Herbalife Nutrition Shaxsiy Maslahatchisi izga ovqatlanishni qanday tashkil qilishni aytib beradi va to'g'ri oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda yordam beradi.

Mashg’ulotlarga qanday tayyorlanish kerak

Skandinavcha yurish sport bilan shug'ullanish uchun minimal xarajatlarni afzal ko'rgan odamlar uchun mos keladi. Bir marta sayr qilish uchun sizga quyidagilar kerak bo’ladi:

  1. Yurish uchun tayoqlar. Bo'yingizni o'lchang, chiqqan sonni 0,68 ga ko'paytiring va yaxlitlang. Boshqa usul: sport do'konidan tayoqlarni tanlang va tayoqni qo'lingizda ushlab turganda bosh barmog'ingizni kindik darajasida turishiga e`tibor bering.
  2. Kiyim. Keng, nafas oladigan kiyimlarni tanlang: keng shortiklar, joggerlar, leggingslar, vodolazka, sport maykasi.
  3. Poyabzal. Qulay krossovkalarni tanlang. Yurishingiz oson bo'lishi va noqulaylik tug'dirmasligi uchun ular yaxshi amortizatsiyaga ega bo'lishi va oyog'ingizga mahkam o'rnashishi kerak.
  4. Bir nechta foydali narsalar. O'zingiz bilan kichkina ryukzak oling va ichiga bir shisha suv va ozgina tammadi uchun mahsulot soling.

Shuni esda tutish kerakki, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadigan odamlarda oqsilga bo'lgan ehtiyoj ortadi. Protein mushaklar uchun qurilish materiali hisoblanadi, shuning uchun uning yetarli miqdorini ta`minlash kerak. Protein manbai sifatida ratsioningizga Qulupnay ta`mli Formula 1 Proteinli kokteylini qo’shing.

Skandinavcha yurish texnikasi haqida

Chetdan qaraganda, nordik yurish bilan shug'ullanish juda osonga o'xshab ko'rinadi. Bu haqiqatan ham ommabop sport turi, ammo unda ham xatolarga yo'l qo'yish mumkin. Bunday holda, skandinavcha yurish kerakli ta`sirga ega bo'lmaydi.

Agar professional instruktordan dars olishning iloji bo'lmasa, o'zingiz shug'ullanishga harakat qilib ko'rishingiz mumkin. Bir nechta asosiy printsiplari:

●     Yelka va qo'llaringizni pastga tushiring. Korpusni tekis, ammo yarim bo'shashgan holda saqlash muhimdir. Bu og'irlik markazini tanadan tayoqqa muvaffaqiyatli o'tkazish uchun kerak.

●     Orqangizni tekis tuting. Bu barcha mushak guruhlari bo'ylab yukni teng ravishda taqsimlashga va katta masofani bosib o'tishga yordam beradi.

●     Qo'llaringiz va oyoqlaringizni parallel ravishda harakatlantiring -o'ng qo'lingiz oldinga surilganda, o'ng oyog'ingiz orqada qoladi.

●     Qadam qo'yganingizda va tayoqni yerdan ko'targaningizda, egilgan qo'l 90 daraja burchak ostida bo'lishi kerak.

Manbalar ro'yxati:

  1. Протеиновый коктейль Формула 1 со вкусом клубники // URL: https://herbalifeuzbekistan.com/ru/catalog/proteinovyy-kokteyl-formula-1-klubnika/ (дата обращения: 28.10.2022). 
Herbalife
Ракова Ирина Сергеевна
Maqolani baholang:
(0 ovoz)